Rossiyada o`tadigan jahon chempionatini boykot qilishni xohlayotgan mamlakatlar soni tobora oshib bormoqda, deya xabar qilmoqda The Sun nashri.
Manbada ta`kidlanishicha, Polsha, Islandiya, Daniya, Shvesiya, Avstraliya va Yaponiya kabi davlatlarning rasmiylari musobaqaga borishdan bosh tortishga tayyorlar. Britaniyaliklar bilan hamfikr bo`lgan yana bir qancha mamlakatlar ushbu boykotga qo`shilishlari kutilmoqda.
Avvalroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Terez Mey mamlakat rasmiylari va qirollik oilasi JCh-2018 turniriga yo`l olmasliklarini e`lon qilgandi.






