AsosiySport

Indzagi «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Filippo Indzagi «Milan» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.

40 yoshli mutaxassis klub bilan 2016 yilgacha shartnoma imzoladi. Oldinroq u «Milan» yoshlarini boshqargan edi.

«Milan»ning avvalgi bosh murabbiyi Klarens Zeedorf ko`pchilikning fikriga ko`ra jamoani g`alabali yo`lga qaytargan bo`lsa-da, o`z lavozimidan ozod etildi.

2013/14 mavsum yakunlariga ko`ra «Milan» Italiya chempionatida 8-o`rinni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar