AsosiySport

Ravshan Ermatov guruhi Meksikaga taklif etildi

'Ravshan Ermatov guruhi Meksikaga taklif etildi'ning rasmi

Xalqaro miqyosdagi musobaqalarga o`zbekistonlik hakamlarni taklif etish an`anasi tobora ortib bormoqda.

Ravshan Ermatov timsolida o`zbekistonlik hakamlar nafaqat Osiyo miqyosida, balki jahon darajasidagi o`yinlarni ham adolatli va haqqoniy boshqarishib, o`zlarining nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashyapti.

Bugunning o`zida hakamlarimizning ikki guruhi xalqaro musobaqada maydonga tushadi. Valentin Kovalenko boshchiligidagi guruh Livanda, Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlarimiz esa Qatarda Osiyo kubogi saralash o`yinlarini olib borishga mas`ul qilib belgilangan.

Shuningdek, aprel oyida ham vakillarimiz bir qator nufuzli musobaqalarga biriktirilgan. Demak,

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi.

Livan – Malayziya. Bayrut shahri.

Bosh hakam: Valentin Kovalenko

Qanotlarda: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.

Zaxira hakami: Sherzod Qosimov

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi.

Yaman – Nepal. Betaraf sifatida Qatarning Doha shahri tanlangan.

Bosh hakam: Aziz Asimov

Qanotlarda: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.

3 aprel. OChL.

“Serezo Osaka” (Yaponiya) – “Jeyju Yunayted” (J.Koreya)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Qanotlarda: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.

10 aprel. OFK Kubogi. Mashxat shahri.

“Al-Suvayh” (Ummon) – “Malkiya” (Bahrayn)

Bosh hakam: Sherzod Qosimov

Qanotlarda: RuslanSerazetdinov, Alisher Usmonov

Shuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo`yicha Ayollar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o`zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) taklif etilishgan.

Ravshan Ermatov boshchiligidagi Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov aslida 3 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida “Shanxay Shenxua” (Xitoy) – “Kashima Antlers” (Yaponiya) uchrashuviga tayinlangan edi. Biroq bu tayinlov FIFA tomonidan boshqa musobaqa bilan almashtirildi. Unga ko`ra, vakillarimiz 10 aprel kuni KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida Meksikada o`tadigan “Amerika FK” (Meksika) va “Toronto" FK” (Kanada) klublari o`rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqaradigan bo`lishdi.

    Boshqa yangiliklar