NATO: Afg`onistonda tinchlik o`rnatish oson ish emas

Siyosat 27.03.2018, 17:53
NATO: Afg`onistonda tinchlik o`rnatish oson ish emas

NATO bosh kotibining operasiyalar bo`yicha o`rinbosari yordamchisi Jon Manza "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida o`tkazilayotgan xalqaro konferensiyaga taklif etilganidan mamnunligini bildirdi, deb yozadi "Jahon" AA.

"Afg`onistonda tinchlik o`rnatish bo`yicha juda ko`p gapirilgan. Bu borada NATO Afg`oniston bilan ko`p yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. Mazkur mamlakatdagi tuzilmamiz alyansi Afg`oniston askarlariga ko`mak ko`rsatayotir. Keyingi bir necha o`n yillikda xavfsizlik masalasi bo`yicha milliardlab dollar mablag` sarflangan", — dedi J.Manza.

Ammo Jo Manzaning fikricha, Afg`onistonda tinchlik o`rnatish oson ish emas.

"Mamlakatdagi notinchlik xalqaro terrorizm bilan bog`langan. Barchamiz bu xavfni qoralaymiz. Biroq unga barham berish uchun hali ko`p ish qilinishi kerak. Urushga barham berishning eng samarali yo`li kelishuvga erishishdir. Mana shu maqsad uchun zarur qadamlar qo`yilishi kerak", — deya qo`shimcha qildi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1