1

Afg`oniston bo`yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi yakuni bo`yicha jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Siyosat 27.03.2018, 19:58
Afg`oniston bo`yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi yakuni bo`yicha jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg`oniston bo`yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi yakuni bo`yicha jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Unda O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Komilov va Afg`oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri S.Rabboniy nufuzli tadbir ahamiyati, mazmun-mohiyati, erishilgan natijalar haqida ma`lumot berdi.

Ta`kidlandiki, mazkur xalqaro konferensiya dunyo hamjamiyatining Afg`onistonda tinch taraqqiyotni ta`minlashga qaratilgan sa`y-harakatlariga g`oyat muhim hissa bo`lib qo`shildi.

A.Komilov Toshkent konferensiyasida ko`rilgan masalalar, bugun qabul qilingan Toshkent deklarasiyasida belgilangan vazifalar shu bilan to`xtab qolmasligini ta`kidladi. Toshkent deklarasiyasi Afg`oniston muammosini hal etishning aniq yo`llari belgilab berilgani bilan ahamiyatli bo`lgani e`tirof etildi.

S.Rabboniy Afg`onistondagi tahlikali vaziyat mintaqa mamlakatlari taraqqiyotiga ham to`sqinlik qilayotgani haqida aytdi. Tarixiy kutilgan, muhim ahamiyatli tashabbusni ilgari surib, Afg`oniston bo`yicha Toshkent konferenisiyasini o`tkazishga bosh bo`lgan Prezident Shavkat Mirziyoevga, O`zbekiston hukumatiga, o`zbek xalqiga alohida minnatdorlik bildirdi.

Toshkent xalqaro konferensiyasida 25 davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya ishini 300 ga yaqin chet ellik va mahalliy jurnalistlar yoritib bordi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1