1

Afg`oniston Prezidenti Kobul shahriga jo`nab ketdi

Siyosat 27.03.2018, 21:00
Afg`oniston Prezidenti Kobul shahriga jo`nab ketdi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani 26-27 mart kunlari amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ldi.

26 mart kuni Shavkat Mirziyoev va Muhammad Ashraf G`anining uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda mamlakatlarimiz o`rtasidagi yaxshi qo`shnilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o`zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Oliy martabali mehmon bugun “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi va nutq so`zladi.

Anjuman yakunida Toshkent deklarasiyasi imzolandi.

Shuning bilan Afg`oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G`anining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi, deya xabar berdi O`zbekiston Milliy axborot agentligi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1