1

Senat yalpi majlisida «O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida»gi qonun ko`rib chiqiladi

Siyosat 28.03.2018, 13:12
Senat yalpi majlisida «O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida»gi qonun ko`rib chiqiladi

2018 yil 29 mart kuni o`z ishini boshlaydigan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o`n to`rtinchi yalpi majlisi oldidan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Qo`mita raisi Farrux Dadaxo`jaev boshqargan yig`ilishda senatorlar, tegishli tashkilotlar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Unda «O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining qonuni haqidagi masala ko`rib chiqildi.

«Mudofaa doktrinasi» va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil yanvarda Xavfsizlik kengashi yig`ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mudofaa vaziri o`rinbosarining sohada amalga oshirilayotgan ishlari to`g`risidagi hisoboti eshitildi.

Shuningdek, yalpi majlis kun tartibidan o`rin olgan boshqa masalalar muhokama etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1