1

Abdulaziz Komilov Xitoy Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Siyosat 28.03.2018, 16:36
Abdulaziz Komilov Xitoy Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Bugun, 28 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Li Baodunni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

"Xitoy Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari O`zbekiston hukumatini ko`p yillik Afg`oniston muammosiga bag`ishlangan Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi. Uchrashuvda ta`kidlanganidek, Afg`onistondagi tinchlik ulkan mintaqaning barcha mamlakatlariga sezilarli foyda keltirishi, barcha yo`nalishlarda mintaqaviy va trans-mintaqaviy savdoni rivojlantirishi yuzasidan O`zbekiston va Xitoyning fikrlari birdek ekanligi qayd etildi", — deyilgan xabarda.

Uchrashuvda Xitoy raislik qilayotgan ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi doirasida oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko`rish borasida ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1