Qaytar dunyo

Hidoyat sari 28.03.2018, 16:39
Qaytar dunyo

Qadimda bir zargar bo`lib, ustalikda nomi etti iqlimga tarqalgan edi. Uzoq-yaqindan kelgan mijozlarning keti uzilmasdi. U xudojo`yligi va adolatparvarligi bilan ham nom qozongan taqvo ahlidan edi. Ayollarning parda ortidan uzatilgan barmoqlarini ip bilan o`lchab, uzuk yasardi. Ish jarayonida birorta begona ayolning yuziga qiyo boqmas, barmoqlariga qo`lini tekkizmasdi.

Kunlarning birida parda ortidan bir nozik barmoq uzatildi. Shu payt iblis alayhila`na uning oppoqligini ko`z-ko`z qilib, zargarni vasvasa qildi. Zargar hech kim ko`rmayapti-ku degan gumon bilan begona barmoqqa sekin tegib qo`ydi. Ammo shu zahoti qilgan ishidan pushaymon bo`lib, qattiq tavba va istig`forga kirishdi.

Kechqurun uyiga kelsa, xotinining ko`zlari yig`layverganidan qizarib ketgan. Zargar qo`rqib ketib, sababini so`ragan edi, ayoli shunday dedi: «Har kuni bo`sh chelakni eshik oldiga chiqarib qo`yardim. Xizmatchi unga suv to`ldirib kelib, eshikni sekin taqillatib ketardi. Men borib chelakni ichkariga olib kirardim. Bugun ham odatdagidek chelakni eshik oldiga qo`ydim. Birozdan keyin eshik taqilladi. Chelakni olmoqchi bo`lib chiqsam, xizmatkor poylab turgan ekan, qo`limdan mahkam ushlab oldi. Lekin Allohdan qo`rqdi shekilli, qo`yib yubordi. Shundan beri yig`lab o`tiribman. Iltimos, meni kechiring» deb, yig`lashda davom etdi.

Zargar shu zahoti bugungi xatosini esladi. Agar o`shanda o`zini qo`lga olmasa, xotiniga ham xuddi shunday muomala qilinishi mumkinligini o`ylab, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo`ldi.

Erkin QUDRATOV,

Mir Arab o`rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

O`MI Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1