AsosiyDunyo

Reuven Rivlin Isroil prezidenti etib saylandi

Knesset sobiq spikeri va “Likud” partiyasi vakili Reuven Rivlin Isroilning  o`ninchi prezidenti etib saylandi.

“ITAR-TASS” xabar qilishicha, prezidentlik saylovlarining  ikkinchi turida knessetning  (Isroil parlamenti) 120 deputatidan 63 nafari Reuven Rivlinga ovoz berdi.  Uning ikkinchi turdagi raqibi bo`lgan sobiq ichki ishlar vaziri Meir Shitritga 53 nafar deputat ovoz berdi.

Saylovning birinchi turida Isroil prezidenti lavozimiga nomzodlarning hech biri ko`p ovoz to`play olmagan edi. Davlat rahbari lavozimiga Rivlin va Shitritdan tashqari, knesset sobiq spikeri Daliya Isik, Isroil Oliy sudining sobiq hakami Daliya Dorner v professor, kimyo bo`yicha Nobel mukofoti sovrindori Daniel Shextmanlar kurashishgan edi.  

    Boshqa yangiliklar