1

Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isakov yurtimizga keldi

Siyosat 29.03.2018, 09:41
Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isakov yurtimizga keldi

Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isakov boshchiligidagi qirg`iziston delegasiyasi ishchi tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda O`za xabar bermoqda.

Mehmonlarni Andijon viloyatidagi “Do`stlik” chegara majmuasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Qirg`iziston Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi vakillari va keng jamoatchilik vakillari tantanali ravishda kutib oldi.

photo5323256748578023616.jpg

Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad, ikki qo`shni mamlakat o`rtasida iqtisodiy, madaniy, chegara masalalari bo`yicha aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko`tarish, shuningdek, savdo-sotiq, turizm, energetika, transport sohalaridagi hamkorlik ko`lamini kengaytirish ko`zda tutilgan.

Chegara majmuasida mehmonlarni kutib olishga bag`ishlangan tadbirdan so`ng Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isakov rahbarligidagi delegasiya Farg`ona viloyatiga jo`nab ketdi.

photo5323256748578023609.jpg

photo5323256748578023632.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1