AsosiySiyosat

O`zbekiston va Qirg`iziston TIV 2019 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi

'O`zbekiston va Qirg`iziston TIV 2019 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi'ning rasmi

2018 yilning 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg`oniston bo`yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Qirg`iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar 27 mart kuni nihoyasiga etgan Toshkent forumi natijalari yuzasidan fikr almashdilar.

Qirg`iziston TIV rahbari ta`kidlaganidek, konferensiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishi Afg`oniston mojarosining tezda hal etilishi uchun konstruktiv asos yaratdi.

Suhbat chog`ida ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko`ra Abdulaziz Komilov va Erlan Abdildaev tomonidan O`zbekiston va Qirg`iziston tashqi siyosat idoralari o`rtasida 2018-2019 yillarga mo`ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.

    Boshqa yangiliklar