1

Prezident yangi qarorni imzoladi

Siyosat 29.03.2018, 12:29
Prezident yangi qarorni imzoladi

O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida Prezident qarori (28.03.2018y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Ushbu Qarorga ko`ra:

- o`simliklar karantini sohasidagi xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementasiya qilinadi;

- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasiga qo`shimcha 176 shtat birligi, shu jumladan 121 o`simliklar karantini bo`yicha tuman va shahar inspektorlari, 55 avtomobil yo`llari, temir yo`l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlari shtatlari ajratiladi;

- 2018-2020 yillarda O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar dasturida ko`rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 15 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan miqdorda mablag` ajratiladi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda o`simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kamida 2 tadan o`simliklar klinikasi tashkil etiladi;

O`simliklar klinikalari:

- 2018 yilning 1 iyulidan 2022 yilning 1 yanvariga qadar er solig`i, yuridik shaxslarning daromad va mol-mulk solig`idan hamda yagona soliq to`lovlarini to`lashdan;

- 2020 yilning 1 yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxatlarga ko`ra o`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish hamda mamlakatda karantin holatni yaxshilash uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoki etarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asbob va priborlar, mashina va mexanizmlar, kompyuter va diagnostika texnikasi bojxona to`lovlarini to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardan tashqari) ozod qilinadi.

Shuningdek, Qaror bilan avtomobil yo`llaridagi, temir yo`l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt ro`yxati tasdiqlandi.

Qarorning to`liq matni matbuotda e`lon qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1