AsosiyDunyo

Malala Yusufzay so`nggi olti yilda ilk bor Pokistonga qaytdi

'Malala Yusufzay so`nggi olti yilda ilk bor Pokistonga qaytdi'ning rasmi

Xuquq himoyachisi, Tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti laureati Malala Yusufzay toliblar hujumidan olti yil o`tib - 29 mart kuni ona yurti Pokistonga qaytdi.

Kuchaytirilan qo`riqchilar hamrohligida u Islomobod aeroportidan mehmonxonaga olib kelindi. Ma`lum bo`lishicha Yusufzay Pokistonda to`rt kun bo`ladi va mamlakat bosh vaziri Shahid Xaqon Abbas bilan uchrashadi.

Malala Yusufzay 11 yoshida Bi-bi-sida o`z blogini yurita boshlaganidan keyin mashhur bo`lib ketdi, u Pokiston shimolidagi Svat vodiysida toliblar tomonidan shariat qonunlari o`rnatilishini tanqid qilgan va qizlarning ta`lim olish huquqlarini ochiqchasiga qo`llab-quvvatlagan. 2016 yilning oktyabrida Tolibon harakati jangarilari xujumi tufayli og`ir yaralandi. Shundan so`ng Malala Buyuk Britaniyada uzoq muddat davolandi.

2014 yili 17 yoshli Malala Yusufzay Tinchlik bo`yicha Nobel mukofotiga munosib deb topildi, keyinroq esa BMTning tinchlik elchisi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar