Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" guruhdagi so`nggi ikkita uchrashuvini venesuelalik raqiblariga qarshi o`tkazadi.
Olamsport.com sayti ma`lum qilishicha, jamoalar o`rtasidagi har ikkala to`qnashuv ham bir kunda O`zbekistonda bo`lib o`tadi. Janglarga Termiz shahri mezbonlik qiladi. 7 aprel kuni tashkil qilinadigan jang oqshomida muxlislar 10 ta jang guvohiga aylanadilar. O`sha kuni S1 va S2 jamoalari ringda to`qnash keladilar.
Bahslarda ishtirok etadigan bokschilarimiz ro`yxati yaqin vaqtlar ichida ma`lum qilinadi.






