Xarkov sudi o`zini Dneprdan posilka qilib jo`natgan ixtirochi o`g`riga hukm chiqardi, deb xabar berdi News.day.az nashri.
Komintern tuman sudining hukmiga ko`ra, jinoyatchi uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2017 yilning 21 dekabr kuni erkak yog`och quti yasagan va uni tanishidan pochta orqali yuborishni iltimos qilgan. Shundan keyin o`zi quti ichiga yashirinib olgan.
Mazkur pochta jo`natmasi boshqalari bilan yuk mashinaga ortilgan. Yo`lda jinoyatchi yog`och qutini pichoq bilan ochib chiqqan va boshqa posilkalarning ichida bo`lgan noutbuk, soat va mobil telefonni o`g`irlagan. O`ljani qo`lga kiritgach, yana yog`och qutining ichiga yashiringan.
Jinoyatchi o`ylagan reja amalga oshmadi. Xarkov pochtasi xodimlari uning sirini fosh etib, erkakni polisiya qo`liga topshirishdi.






