Tailandda boshidan judo bo`lgan tovuq bir haftadan beri yashashda davom etmoqda, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Boshsiz tovuqni veterinar Arun Tong parvarish qilib, unga antibiotoklar, emish bermoqda. U tovuqni “haqiqiy jangchi”, deb atadi. Veterinarning aytishicha, tovuqni bo`yni orqali oziqlantirib, antibiotoklar bermoqda. Tovuq tezda qo`lga o`rganib, davolanish jarayoniga ko`nikkan.
Tovuqning boshini kim uzganligi haqida ma`lumot berilmagan. Veterinariya klinikasida kimdir tovuqni boqib olib, parvarish qilishlariga umid bog`lashmoqda.
“Unga g`amxo`rlik kerak. Tan olishim kerak, mazkur tovuqning yuragi juda kuchli bo`lib, u haqiqiy jangchidir”, dedi Arun Tong.






