Londonlik ayol boshiga tushgan g`isht oqibatida olamdan o`tdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Voqea Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrining Tauer-Xamlets tumanining sharqiy qismida yuz berdi. 29 yoshli ayolning boshiga qurilish kraniga yuklangan g`isht tushib ketdi. Halok bo`lgan Mikaela Mur hodisa yuz berishidan sal ilgari o`g`lini maktabga kuzatgan. U 29 mart kuni kasalxonada olgan tan jarohatidan olamdan o`tgan.






