Amerikaning Tennessi shtatida yashovchi erkak sayr qilib yurgan g`ozga so`yib eyishni tahdid qilib, haqoratladi, g`oz esa unga javoban erkakni quvib soldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. “Qalaysan, g`oz? Seni olib ketish mumkin deb o`ylayman?” dedi erkak. G`oz unga javoban vishillab qo`ydi. “Sen menga qo`pollik qilyapsanmi? O`zingni kim deb o`ylayapsan? Qo`limga tushsang qovurib eyman”, deb g`ozning jig`iga tegishdi davom etdi erkak.
G`oz unga e`tibor bermay, patlarini tozalay boshladi. “Nima, men bilan urushmoqchimisan? G`ozlar suvdan yaraladi deyishadi, qani o`zingni ko`rsat-chi, nimadan yaralgan ekansan?”. Erkakning tinmay javrashi joniga tekkan g`oz unga hujumga o`tdi. Erkak esa qo`rqqanidan zo`rg`a qochib qutuldi.






