Braziliya hukumati Parana shtatidagi 130 ta shaharda suv toshqini sababli favqulodda vaziyat e`lon qildi.
Tinimsiz tropik yomg`irlar suv toshqini kelib chiqishiga sabab bo`lgan, deya xabar bermoqda Reuters agentligi. 130 shahar ro`yxatiga Kuritiba shahri ham kiritilgan. Ushbu shaharda JChning 4 ta uchrashuvi bo`lib o`tishi kerak.
Sports.ru nashrining xabar qilishicha, tabiiy ofat oqibatida 10 kishi halok bo`lgan, 3,5 mingga yaqin uylarga zarar etgan.
Mutaxassislar Kuritibada 16 iyun kuni bo`lib o`tishi kerak bo`lgan Eron hamda Nigeriya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv o`tkazilishi so`roq ostida turishi haqida gapirishga hali ertaligini aytishmoqda.





