AsosiyDunyo

Shvarsenegger operasiyadan uyg`ongach hazil qildi

'Shvarsenegger operasiyadan uyg`ongach hazil qildi'ning rasmi

Aktyor Arnold Shvarsenegger kecha yurak operasiyasidan so`ng narkoz ta`siridan uyg`ongach, hazil qildi, deya xabar bermoqda , News.day.az nashri.

Bu haqda uning agenti Deniel Ketchell gapirib berdi.

Agentning so`zlariga ko`ra, Shvarsenegger uyg`ongach: “Men qaytdim” (I'm back), – degan. Bu bilan aktyor o`zining “Terminator”dagi personajiga ishora qilgan.

“Shubhasiz, u yaxshi kayfiyatda”, – deya ta`kidladi Ketchell.

    Boshqa yangiliklar