Hindistonda 1 apreldan Toj-Mahaldagi maqbaralarni ziyorat qilish 3 soatgacha chegaralanadi, deya xabar berdi News.day.az nashri.
Bundan maqsad – ur-yiqit, tiqilinchlardan qochish.
Toj-Mahalga kelgan sayyohlar soni kuniga 50 mingdan oshib ketadi. Ular tiqilnch paydo bo`lishiga qaramay, kun bo`yi u erdan ketmaydilar. Shuning uchun 1 apreldan Toj-Mahalni ziyorat qilishda limit qo`yiladi.







