Amerikalik bokschi Deontey Uaylder jang paytida raqibini ringda o`ldirish niyati borligini bildirdi. Bu haqda Gazeta.ru nashri yozmoqda.
“Xizmat ro`yxatimda marhumning ismi sharifi bo`lishini istayman. Biz mana shu holatgacha borishga imzo chekkanmiz”, – dedi bokschi.
4 mart kuni Uaylder superog`irlik vaznida (91) jahon chempionlishi uchun kechgan jangda kubalik raqibi Luis Ortisni texnik nokautga uchratgandi.







