AsosiySport

Dzyudochimiz Shahram Ahadov Gran-Pri sovrindori bo`ldi

'Dzyudochimiz Shahram Ahadov Gran-Pri sovrindori bo`ldi 'ning rasmi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo`yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi start oldi.

Ushbu nufuzli musobaqada o`zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda, deb xabar bermoqda MOQ. Bugungi bahslarda ikki nafar sportchimiz ishtirok etdi.

- 66kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Shahram Ahadov ilk jangida mezbonlar vakili Zviad Xubulurini, keyin ozarbayjonlik Elchin Huseynovni mag`lubiyatga uchratdi. Chorak finalda esa afsuski u braziliyalik Daniel Kargninga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Shunday bo`lsada, hamyurtimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib qoldi. O`tish bahsida u gruziyalik Niko Chikaidzeni taslim etdi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa u boshqa bir mezbon sportchi Lasha Giunashvilidan ustun kelib, Gran-Prining bronza medali sohibiga aylandi.

Shahram Ahadov yanvar oyida bo`lib o`tgan Tunis Gran-Prisida oltin medalni qo`lga kiritganini ham eslatib o`tish lozim.

- 60kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Doniyor Sultonboev armanistonlik Vagan Xovsepyan va Qirg`iziston vakili Otar Bestaevni mag`lubiyatga uchratgandi. Ammo, yarim final yo`llanmasi uchun kechgan bahsda u mezbon sportchi Lukumi Chkvimianiga yutqazib qo`ydi.

Ma`lumot uchun, musobaqaning ertangi kun bahslarida o`zbekistonlik sportchilardan G`iyosjon Boboev, Sharofiddin Boltaboev va Shermuhammad Jandrievlar ishtirok etadilar.

    Boshqa yangiliklar