AsosiyDunyo

Malayziya yo`qolgan layner yo`lovchilarining yaqinlariga tovon puli to`lamoqda

Malayziyaning Malaysia Airlines milliy avikompaniyasi kafolatchilari uch oy oldin yo`qolgan Boeing 777 yo`lovchilari yaqinlariga tovon puli to`lashni boshladi.

Singapurning Straits Times gazetasi xabar qilishicha, malayziyalik oltita oila va bitta xitoylik oila 50 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli olishdi.  

Yo`qolgan yo`lovchilar oilalariga yordam berish bo`yicha qo`mita raisi va qirollik tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xamza Zaynudin xabar qilishicha, dastlabki to`lovlar barcha 239 nafar yo`lovchining yaqinlariga to`lanadi.    

Vazir o`rinbosarining aytishicha yo`qolgan MH370 reysi ishi to`liq yopilmagunicha, oilalarga tovon puli to`liq to`lanmaydi. “Fuqaro aviasiyasi halqaro tashkiloti qoidalariga ko`ra, vorislar aviahalokatga nima  sabab bo`lishidan qat`iy nazar, ular uch barobar ko`p miqdordagi tovon puliga  da`vo qilishlari mumkin”, - deya qo`shib o`tdi Xamza Zaynudin. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar