1

Angliyada infarktning oldini oluvchi vaksina yaratildi

Salomatlik 13.06.2014, 11:50
Angliyada infarktning oldini oluvchi vaksina yaratildi

The Daily Telegraph gazetasining xabar berishicha, Angliyaning Garvard instituti olimlari infarktning oldini oluvchi vaksinani kashf qilishgan.

Ushbu kashfiyot jigardagi PCSK9 geniga o`z ta`sirini ko`rsatishi asosida amalga oshirildi. Sababi shundaki, ushbu gen faoliyatining buzilishi yurak-qon tomirlar tizimida xolesterining oshishiga, tomirlar ichki devorida ko`p miqdorda xolesterinning paydo bo`lishi esa infarktga olib keladi.

Yaratilgan vaksina jigardagi PCSK9 geni mutasiyasining o`ziga xos shaklini o`rganish asosida yaratilgan. Mutantlashgan gen inson qonidagi xolesterinning kam miqdorda bo`lishini ta`minlaydi.

Tadqiqotchilarning ma`lum qilishicha, infarktning oldini oluvchi vosita o`n yillardan keyin ommaviy foydalanish uchun tayyor bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1