1

Qaynonasini o`ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Dunyo 02.04.2018, 16:45
Qaynonasini o`ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Avstraliyada sodir etilgan jinoyatni aniqlashda huquq-tartibot idoralariga Apple Watch ko`rsatkichlari yordam berdi, deb yozadi Daily Mail nashri.

Nashrning yozishicha, Mirna Nilsson ismli ayol o`z uyida o`ldirib ketilgan edi. Uning kelini Kerolayn Nilsson polisiyaga bergan ko`rsatmasiga ko`ra, ayolga «yo`lda sodir bo`lgan to`polondan so`ng ko`chadan bostirib kirgan odamlar guruhi hujum qilgan».

Xabarga ko`ra, Mirnaning qo`liga bu paytda Apple Watch taqilgan bo`lgan, smart-soatning ma`lumotlari esa keyinchalik jinoyat ishini o`rganishda asosiy dalil bo`lib xizmat qilgan. Prokurorning sudga aytishicha, kelinning ko`rsatmasi «aniq to`qima, hujum voqeasi esa uydirma» bo`lib chiqyapti. Sud eksperti smart-soatning ma`lumotlarini tahlil qilib chiqqanidan so`ng ma`lum qilishicha, kelin aytgan voqea – to`polonchilar hujum qilgan vaqt marhumaning o`ldirilish vaqtiga mos kelmayapti.

Shuningdek, Kerolaynning aytishicha, qaynonasi o`sha bosqinchilar bilan 20 daqiqacha janjallashgan. Huquq-tartibot idoralarining Apple Watch ko`rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlashlaricha esa, Mirna Nilssonning o`ldirilishi bir lahzadayoq yuz bergan – ungacha ayolning tomir urishi, ruhiy holati va sog`ligi me`yorida bo`lgan.

Endi esa Apple Watch yordamida aniqlangan ma`lumotlar asosida Kerolayn Nilsson o`z qaynonasini o`ldirganlikda ayblanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1