“Tyangun-1” Xitoy kosmik orbital stansiyasi atmosferaga takror kirayotgan payt yonib ketdi. Bu haqda News.day.az nashri xabar qildi.
Bu hodisa Tinch okeanining janubiy qismi ustida ro`y bergan.
“2018 yil 2 aprel, soat 8.15 ga yaqin “Tyangun-1” kosmik stansiyasi Er atmosferasiga qaytdi”, – deya ma`lum qildi XXR parvozlarni boshqarish markazi va atmosferaga kirayotgan payt stansiyaning aksar qismi yonib ketganini qo`shimcha qildi.






