AsosiyDunyo

Meril Strip “Yulduzlar jangi”da ishtirok etishi talab etilmoqda

'Meril Strip “Yulduzlar jangi”da ishtirok etishi talab etilmoqda'ning rasmi

“Yulduzlar jangi” fantastik franshizasining muxlislari Disney kinokompaniyasidan malika Leya roliga aktrisa Meril Stripni olishni talab qilishdi. Bu haqda Lenta.ru nashri yozmoqda.

Shu paytgacha franshizada qirolicha Leyaning rolini o`ynab kelgan aktrisa Kerri Fisher 2016 yili vafot etgan edi. Endilikda uning o`rniga Meril Stripning nomzodi ko`rilishi talab etilmoqda.

Stripning aktyorlik mahorati va Fisher bilan qalin dugona bo`lganligi “Yulduzlar jangi”ning to`qqizinchi qismida uning Leya roliga ideal nomzod bo`lishi ta`kidlanmoqda.

Meril Strip “Kramer Kramerga qarshi”, “Medison okrugi ko`priklari”, “Temir xotin” singari filmlarda g`aroyib rollarni ijro etgan.

    Boshqa yangiliklar