AQShdagi avtomobil yoqilg`i quyish shahobchalarining biriga Toyota rusumli mashina kelib urildi.
Ushbu dahshatli YTHdan so`ng xizmatda bo`lmagan Nyu-York polisiyasi xodimi Jon Vessio AYoQShga kelib urilgan avtomobil haydovchisini hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Sky News xabar beradi.
Avvaliga u voqea joyida alanga chiqqani sababli uzoqlashadi, ammo tezda ortga qaytib Toyota avtomobilining 69 yoshli haydovchisini mashinadan olib chiqadi. Shundan so`ng, u odamlarni voqea joyidan uzoqlashishlarini so`raydi. Ma`lum bo`lishicha, polisiya xodimining avtomobilida qurollar bo`lgan. Shu tufayli u yana ortga qaytib mashinadan ushbu buyumlarni oladi.





