AsosiyDunyo

Qozog`istonda yoqqan qorning nega sariq tusda bo`lgani ma`lum bo`ldi

'Qozog`istonda yoqqan qorning nega sariq tusda bo`lgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`tgan haftada Qozog`istonning janubiy hududlarida sariq qor yoqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mahalliy aholi tabiatning bu hodisasidan xavotirga ham tushdi.

"Kazinform" axborot agentligining yozishicha, sariq qor voqeasi bilan bog`liq hech qanday vahimaga o`rin yo`q.

Xabarda qayd etilishicha, Janubiy Qozog`iston ekologik xavfsizligi markazi mutaxassislari mamlakat janubida yog`gan sariq qor ziyonsiz, degan xulosa kelgan.

Bunga sabab laboratoriya tahlilida sariq qor namunasida hech qanday zararli moddalar topilmagan.

Yog`ingarchilik arafasida tog` jinslari zarralari va qum changlari bilan bilan esgan shamol qorning sariq tusda bo`lishiga sabab bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, o`tgan oyda Ukrainada ham sariq qor yoqqan edi.

    Boshqa yangiliklar