AsosiySport

Shohjahon Ergashev WBA reytingida kuchli o`nlikka kirdi

'Shohjahon Ergashev WBA reytingida kuchli o`nlikka kirdi'ning rasmi

Jahon boks uyushmasi - WBA bugun yangi reytingini e`lon qildi. O`zA xabariga ko`ra, engilmas professional bokschi Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) kuchli o`nlikka kirdi va dunyoning to`qqizinchi raqamli bokschisiga aylandi.

– Bu ko`tarilish faqat men uchun emas balki butun o`zbek xalqining ko`tarilishidir. Men kutayotgan chempionlik kamariga ega chiqishimga bor yo`g`i sakkiz pog`ona qoldi va men asta-sekinlik bilan ushbu pog`onalarni bosib o`tishimga ishonaman, – deydi Shohjahon Ergashev.

Eslatib o`tamiz, Shohjahon Ergashev Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28 aprel kuni navbatdagi jangini o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar