Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe “Sevol” yo`lovchi kemasi halokati sababli 7 nafar vazirni iste`foga chiqardi.
Kadr o`zgarishlari bilan davlat rahbari kema halokati oqibatida yo`qotilgan xalq ishonchini qaytarib olmoqchi.
Pak Kin Xe iqtisodiyot, xavfsizlik, ta`lim va madaniyat hamda boshqa bir qator yo`nalishlar bo`yicha yangi vazir tayinladi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Eslatib o`tamiz, bortda 476 kishi bo`lgan "Sevol" yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Ulardan 325 nafari Chejudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilar edi. So`nggi xabarlarga ko`ra, 300 nafarga yaqin kishi halok bo`lgan, yana o`nlab kishilar bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda. Kema qulashi ishi yuzasidan 20 kishi qo`lga olingan. Shu qatorda, halokatda omon qolgan ekipaj a`zolari ham.





