1

Bangkokda ko`p qavatli uylarning birida yong`in chiqdi, jabrlanganlar soni 60 yaqin

Dunyo 03.04.2018, 16:01
Bangkokda ko`p qavatli uylarning birida yong`in chiqdi, jabrlanganlar soni 60 yaqin

Bangkokdagi aholi yashaydigan ko`p qavatli uylarning birida yong`in chiqdi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo`lgan. Jabrlanganlar soni oltmishga yaqin.

Mahalliy vaqt bilan soat 02.30 da 14 qavatli uyda yong`in sodir bo`lgan. Bir kishi voqea joyida, ikki nafari shifoxonada jon bergan. Tutundan zaxarlangan 30 kishi esa mahalliy shifoxonlarga jo`natilgan.

Bangkok gubernatori Asvin Kvanmuangning ma`lum qilishicha yong`indan jabr ko`rganlarga vaqtinchalik ko`mak markazi tashkil qilingan. Shuningdek, hukumat favqulodda hodisa ro`y bergan ko`p qavatli uyning butunligi va yashash uchun xavfsizligini tekshirishni rejalashtirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1