AsosiySport

Toshkentda O`zbek jang san`ati bo`yicha xalqaro turnir o`tkaziladi

'Toshkentda O`zbek jang san`ati bo`yicha xalqaro turnir o`tkaziladi'ning rasmi

6-7 aprel kunlari poytaxtimizda o`zbek jang san`ati bo`yicha birinchi xalqaro turnir bo`lib o`tadi. Bu haqda Olamsport nashri xabar bermoqda.

Aslida bu musobaqa shu kungacha ikki bor Janubiy Koreyaning Chendu meriyasida o`tkazilgan edi. Lekin Toshkent shahri ilk bor xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.

Tomoshabinlar ikki kun davomida poytaxtimizdagi “O`zbekiston” sport majmuasida o`zbek jang san`ati ustalarining mahoratidan bahramand bo`lishadi.

Xalqaro musobaqada yurtimiz sportchilaridan tashqari Rossiya, Janubiy Koreya hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan ham jang san`ati vakillari ishtirok etishadi. Xalqaro turnirga Butunjahon milliy jang san`ati federasiyasi bosh kotibi hamda Janubiy Koreyaning Chendu shahri hokimligidan ham mehmonlarning tashrifi kutilyapti.

Musobaqadan tashqari xorijlik mehmonlar qadim va hamisha navqiron Samarqand shahrini ham ziyorat qilishadi.

    Boshqa yangiliklar