RIA Novostining yozishicha, Feysbuk ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg Sankt-Peterburgdagi Internet tadqiqotlari agentligi (Internet Research Agency, IRA)ning 270 dan ziyod sahifa va akkauntlari bloklanganligini ma`lum qilgan.
IRAning akkauntlari nima sababdan bloklanganligiga Mark Sukerberg Feysbukdagi sahifasida shunday izoh qoldirgan:
“Dunyoda saylov jarayonlarining xolis va haqqoniy o`tishini himoyalash maqsadida IRAning 270 dan ziyod sahifa va akkauntlarini blokladik. Bu bizning muhim qadamimiz bo`ldi. Bloklangan akkauntlar ichida Rossiyadagi axborot tashkilotlariga tegishlilari ham bor bo`lib, ular Internet tadqiqotlari agentligi tomonidan boshqarilib kelingan”
Eslatib o`tamiz, AQSh ommaviy axborot vositalari Rossiyani mamlakat Prezidentligi saylovlarida aralashganlikda ayblagan edi. Ayblovlar qisman IRA ga ham tegishli bo`lgan.
04.04.2018 15:57
Feysbuk Prezidentlik saylovlarini himoyalashga kirishdimi?






