AsosiyDunyo

“Temir odam” 53 yoshda (Foto)

'“Temir odam” 53 yoshda (Foto)'ning rasmi

Bugun mashhur Gollivud aktyori kichik Robert Dauni 53 yoshini nishonlamoqda deb yozmoqda Segodnya.ua nashri.


Robert aktyorlik faoliyatini omadli kinokartinalardan (“Chaplin”) boshlagan bo`lsa-da, 90-yillarda unga omadsizliklar yog`iladi. Bu omadsizliklarning sababi giyohvand moddalar, ichkilikbozlik edi.

Shunday bo`lishiga qaramay, aktyor 2000-yillarga kelib o`zini qayta qo`lga oladi-da, hali egardan tushmaganini isbotlaydi. Aktyorlikning ikkinchi imkoniyatini u “Gotika”, “Havoyi o`pich” filmlaridan boshlaydi.

2008 yili Robert “Temir odam” filmida suratga tushib, jahonga mashhurlikka erishadi. Negaki g`ayrioddiy Toni Stark, aniqrog`i Temir odam ko`pchilik kinomuxlislarning ko`nglidan joy oladi. Shundan so`ng aktyor ushbu kinofranshizaning 8 ta kinokartinasida Toni Stark obrazida paydo bo`ladi.

Bugun Robert 53 yoshda, lekin unda yumor tuyg`usiyu hayotga muhabbati so`nganicha yo`q.

    Boshqa yangiliklar