1

Qozog`istonda yana bitta yo`lovchi avtobusi yonib ketdi

Dunyo 05.04.2018, 09:28
Qozog`istonda yana bitta yo`lovchi avtobusi yonib ketdi

Kuni kecha Ayag`oz-Semey trassasida yo`lovchi avtobusi yonib ketdi, deb xabar beradi Kazinform.

Xabarda qayd etilishicha, favqulodda hodisa Jarmin tumanida yuz bergan.

Ayag`oz-Semey trassasida harakatlanayotgan yo`lovchi avtobusi texnik nosozlik tufayli yo`lda to`xtab qoladi. Shundan so`ng barcha yo`lovchilar boshqa avtobusga o`tkazilib, manzilga etkaziladi. Buzilib qolgan avtobusda faqat ikki haydovchi qolgan. Ular texnik nosozlikni bartaraf eta olmagach, avtobusni tashlab, ortga qaytadi. Shuning uchun ham yong`in chiqqanda salonda hech kim bӯlmagan.

Yong`in sabablari ma`lum emas. Hodisa oqibatida halok bo`lganlar va jabrlanganlar yo`q.

Ma`lum qilinishicha, yongan avtobus Ayag`oz avtoparkiga tegishli bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1