Mamlakatdagi Sky News telekanalining xabar berishicha Buyuk Britaniyada oila qurishga majburlashni qonun bilan ta`qiqlovchi qaror kuchga kirdi.
Bu haqda RIA Novosti xabar beradi. “Jamoatchilik, jinoyatchilik va tartibbuzarlikka qarshi kurash akti 2014 ” ga ko`ra oila qurishga o`z roziliklarini bildirmagan shaxslarni bir oila deb e`lon qilish, ularga ruhiy, jismoniy, jinsiy, moddiy tazyiq o`tkazish 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishga sabab bo`lishi mumkin.





