AsosiySport

O`zbekistonda “Qirollik klubi” akademiyasi ochiladi

'O`zbekistonda “Qirollik klubi” akademiyasi ochiladi'ning rasmi

O`zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G`ofurov Ispaniyada “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati va La liga bosh direktori Xaver Gomes bilan uchrashdi.

“Qirollik klubi” bilan uchrashuvda “Real Madrid” akademiyasi bilan o`zaro hamkorlik qilish, O`zbekistonda ushbu klub akademiyasini ochish bo`yicha ish tartibi kelishib olindi.

La Liga qarorgohida bo`lib uchrashuvda esa ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha kelishuvga erishildi. La liga bosh direktori o`zbek futboli rivojiga hissa qo`shishga, mutaxassislarni O`zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o`rtoqlashishga tayyor ekanini ma`lum qildi. Muzokaralar yakunida 2020 yilga qadar mo`ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko`ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, transyalsiyalar va boshqa ko`plab masalalar bo`yicha yurtimiz mutaxassislariga yordam beradigan bo`lishdi.

    Boshqa yangiliklar