Sal avval, Rossiya Federasiyasi xalq artisti Grigoriy Lepsning 26 martda bo`lib o`tishi kerak bo`lgan yakkaxon konserti o`tkazilmasligi haqida xabar bergan edik...
Kuni kecha xonanda, o`zining rasmiy saytida Toshkentdagi konsertining yangi sanasini e`lon qildi.
"Konsert albatta bo`ladi! Buning uchun ijodiy jamoamiz bilan qo`limizdan kelgan barcha ishni qildik. Shu o`rinda, O`zbekistondagi barcha muxlislardan, mart oyida bo`lgan tushunmovchilik uchun uzr so`raymiz. Aybimizni yuvish uchun esa 21 may kuni unutilmas dastur taqdim etishga so`z beraman” deydi Lepsning o`zi.







