1

AQSh va Xitoy savdo urushi: bojlar miqdori 100 milliard dollarga chiqishi mumkin

Dunyo 06.04.2018, 13:17
AQSh va Xitoy savdo urushi: bojlar miqdori 100 milliard dollarga chiqishi mumkin

Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi yangi bayonot bilan chiqdi.

“Xitoy AQSh bilan savdo-sotiq qarama-qarshiligida o`z manfaatlarini himoya qilishga tayyor. Qo`shma shtatlar dunyo hamjamiyati va XXRning noroziligini hisobga olmay, savdo sohasida proteksionistik yo`lda ketishda davom etsa, Pekin hal qiluvchi chorani qo`llaydi”, deyilgan bayonotda.

Vazirlikning bunday bayonot bilan chiqishiga kuni kecha AQSh Prezidenti Donald Trampning Xitoydan import qilinadigan tovarlarga qo`shimcha bojlar kiritish bo`yicha bergan farmoyishi sabab bo`ldi. Mazkur farmoyishda Xitoy mahsulotlariga qo`yiladigan bojlar umumiy miqdorini 100 milliard dollargacha etkazish imkoniyatlarini aniqlash vazifasi qo`yilgan.

Eslatib o`tamiz, hafta boshida AQSh Xitoyning 1,3 ming turdagi mahsulotiga import boji qo`yilishini ma`lum qilgan edi. Bu bilan cheklanmagan Vashington o`z mahsulotlariga tegishli intelektual huquqlar buzilayotganini ro`kach qilgan holda Xitoyning keng turdagi mahsulotlarga yangi bojlar qo`yish borasida taklifini ham berdi. Shu asnoda AQSh Xitoyni import bojlari evaziga yiliga 50 milliard dollardan to`lashga majbur qilmoqchi. Unga javob chorasi sifatida Xitoy Davlat kengashi AQShning 106 turdagi mahsulotiga 25 foizlik boj qo`yish haqidagi qarorni qabul qildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 23 martida “Xitoy savdo tahdidlariga qarshi kurashish to`g`risida”gi memorandumni imzolagan. Mazkur hujjat Xitoy mahsulotlariga cheklovlarni joriy etishga ruxsat beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1