AsosiyDunyo

Yuragi 18 soatga to`xtab qolgan fransiyalik qayta tirildi

'Yuragi 18 soatga to`xtab qolgan fransiyalik qayta tirildi'ning rasmi

G`aroyib hodisa haqida "France Info" radiosi xabar tarqatdi.

Aslida uch hafta burun yuz bergan bu voqeadan OAV faqat bugun xabar topgan.

Akasini ko`rib kelish uchun yo`lga tushgan uka manzilga etib bormaydi. Qidirishga tushgan oila a`zolari uni Fransiya janubidagi Orb darayosi sohilidan topadi. Ammo u behush edi, yuragi urmayotgan, tana harorati esa 22 darajada tushib ketgan bo`lgan.

Erkakni zudlik bilan Beze shahridagi shifoxonaga etkazishadi. Yurak massajidan so`ng 53 yoshli bemor tirilgan. 18 soatga to`xtab qolgan yurak yana ura boshlagan.

Tez tibbiy yordam shifokorlarining qayd etishicha, bemorning hayotga qaytishiga gipotermiya - tana haroratining past darajada bo`lgani yordam bergan. Chunki, gipotermiya organizm faoliyatini susaytirib, kasallik asoratlarini oldini oladi.

Xabarda yuragi 18 soatga to`xtab qolib, keyin tirilgan fransiyalik haqida boshqa ma`lumotlar keltirilmagan.

    Boshqa yangiliklar