AsosiyDunyo

Hindistonda sayohatchilar avtobusi jarlikka quladi

Hindistonning Ximachal-Pradesh shtatida sayohatchilarni olib ketayotgan avtobus jarlikka qulab tushdi.

YTH oqibatida 11 kishi halok bo`ldi hamda 40 kishi jarohatlandi, deya yozadi Times of India nashri.  “Halok bo`lgan 11 kishining barchasi sayohatchilardir, qurbonlar soni ortishi mumkin”, - deydi mahalliy polisiya xodimi. 

Fojea dushanba kuni kechasi Sirmur  okrugida sodir bo`lgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, qutqaruvchilar voqea joyiga kelgunicha, yaqin atrofda istiqomad qiluvchilar qurbonlarning jasadini olib chiqishga harakat qilishgan.

Hindiston YTH qurbonlari bo`yicha jahonda etkachilik qilmoqda. 2011 yili mamlakatda YTH qurbonlari 140 ming kishi bo`lgan bo`lsa, 2012 yili bu ko`rsatkich 150 mingtaga etdi. 

 

    Boshqa yangiliklar