AsosiyDunyo

Dahshatli YTHdan so`ng: onasi va bir oyog`idan judo bo`lgan qizaloq qanday yashayapti?

'Dahshatli YTHdan so`ng: onasi va bir oyog`idan judo bo`lgan qizaloq qanday yashayapti?   'ning rasmi

Joriy yil 9 fevral kuni Bishkekdagi Elebesov ko`chasida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Mikroavtobus piyodalar yo`lagidan o`tishga harakat qilgan bolali ayolni bosib ketdi. Ayol hodisa joyida vafot etgan.

Qizaloq esa tirik qolgan, faqat shifokorlarga uning bir oyog`ini amputasiya qilishga to`g`ri keldi. Oradan ikki oy o`tdi. Sputnik nashri muxbirlari jajjigina Jumayim qanday yashayotganini bilish uchun ushbu oilanikida bo`ldilar.

Bugungi kunda qizcha otasi va 56 yashar buvisi — Batma Sariboeva qo`lida tarbiya topmoqda. Buvisining aytishicha, Jumayim telefonda multfilm va kliplarni tomosha qilishni yaxshi ko`radi va hatto raqs tushishga urinadi. Qizaloq shifoxonadaligida uni buvisi parvarish qilgan edi.

"Esimda, bizga shifoxonadan javob berishganida va uyga kelganimizda eshik ochildi va Jumayim "Oyi!", deb baqirib yubordi. U yugurib ketishga tayyor edi… Hozir ham oyisini izlaydi, oqshomlari yig`lab chiqadi. Men nabiramni Botkentga olib ketmoqchi edim, lekin uni shifokorlar tez-tez ko`rikdan o`tkazishlari lozim. Shu bois poytaxtda qoldik. Keksayganda yosh bolani parvarishlash og`ir. Tez kunlarda Moskvadan boshqa o`g`lim keladi xotini bilan, ular Jumayimga qaraydilar", — deb hikoya qilgan qizaloqning buvisi.

Qizaloqning otasi Jirgal Chotonov va uning rafiqasi Jazgul Omurbekova Bishkekdan Botkenga 2005 yilda ko`chib kelishgan. 2016 yilda ularning oilasida Jumayim dunyoga kelgan.

"Men tikuv sexida dazmolchi bo`lib ishlayman. Onam bir o`zlari bolaga qaray olmasliklari bois, hozircha uydaman. Shifokorlar qizimga hozircha protez qo`ya olmasliklarini aytishdi. Oyog`ini tosigacha kesib tashlashgani bois, avvaliga suyak to`liq bitishi kerak. Lekin biz protez tayyorlash uchun navbatga turganmiz. Protezni qizim 5-6ga kirganida qo`yishsa kerak", — dedi Chotonov.

Erkak shuningdek, uning boshiga tushgan musibatga befarq bo`lmagan odamlarga o`z minnatdorligini bildirdi.

"Birlari hisob raqamiga pul o`tkazdilar, boshqalari kasalxonaga kelib xabar olishdi va qo`llaridan kelgan yordamini ayamadilar. Chet elliklar ham bo`ldi, xususan Pokistondan talabalar va Qatar elchixonasi vakillari… Ayolim bilan Rossiyada bo`lganimida, Jazgul u erda bir keksa ayolga qaragan edi. Uning qizi va mening rafiqam gaplashib turishardi, bir-birlariga tez-tez qo`ng`iroq qilib turardilar. U Jazgul halok bo`lgani, Jumayim esa kasalxonadaligini eshitishi hamon bizga zudlik bilan pul o`tkazdi… Hukumat rahbari Sapar Isakov ham yordam berdi. Saxiy odamlar ko`p", — deb ta`kidladi Jirgal.

Nashr xabariga ko`ra, ona va bolani bosib ketgan mikroavtobus haydovchisi o`sha kunning o`zidayoq qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar