Shu yilning 25-27 iyun kunlari shahrimizdagi “O`zbekiston” sport kompleksida sambo bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tishi kutilmoqda.
Turnirda nafaqat katta yoshli sportchilar balki yosh yigit qizlar, yuniorlar, shuningdek jang sambosi sportchilari ham ishtirok etishadi.
Xalqaro sambo federasiyasi ushbu tadbirning qiziqarli o`tishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda, deya xabar beradi Anons.o`z sayti.