Avstralik bir baliqchi timsohlar orasidan ikki kun o`tibgina qutqarildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Baliqchi Viktoriya ko`liga baliq oviga otlangan. Biroq kuchli to`lqin paytida uning qayig`i sayoz erga kelib qoladi. Shu tarzda baliqchi timsohlar makonida ikki kun qolib ketadi.
Ammo-lekin umidi so`nmagan baliqchi, kuchsiz aloqa bo`lishiga qaramay, polisiyaga qo`ng`iroq qiladi.
Qutqaruv operasiyasi muvaffaqiyatli tarzda o`tkazilib, baliqchi eson-omon uyiga qaytdi.






