AsosiyDunyo

Beysbol matchida burgut o`yinchining elkasiga qo`nishga harakat qildi (Foto)

'Beysbol matchida burgut o`yinchining elkasiga qo`nishga harakat qildi (Foto)'ning rasmi

Beysbol ligasining “Minnesota Tvins” va “Sietl Mariners” jamoalari o`rtasida kechayotgan o`yinda burgut match qahramoniga aylandi, deya xabar bermoqda Segodnya nashri.


“Mariners” jamoasining o`yinchisi Jeyms Pekston AQSh madhiyasi yangrayotgan paytda burgut parvoz qilib uning elkasiga qo`nmoqchi bo`lganini payqab qoladi. Muxlislarning qiyqiriqlariga qaramay, u o`zini tutib turadi va burgutni haydab solmaydi.

“Burgut to`g`ri yuzimga qarab uchib kelganda, men egilib oldim, ammo qush elkamga qo`nishga harakat qildi”, – dedi Jeyms o`yindan so`ng.


Boshqa yangiliklar