Termiz shahrida Butunjahon boks seriyasi doirasida navbatdagi jang oqshomi tashkil qilindi.
Unda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi "Uzbek Tigers" jamoasi Venesuelaning "Venesuela Caciques" bokschilariga qarshi jang o`tkazdi.
"Alpomish" sport majmuasida bo`lib o`tgan janglarda ringga ko`tarilgan 10 nafar bokschimizdan 9 nafari g`alaba qozona oldi. Faqatgina bitta jangda sportchimiz imkoniyatni boy berib qo`ydi.
Janglarda quyidagi natijalar qayd etildi:
S1
-49kg: Nodir Mirzaahmedov - Luis Polaso (Nodir Mirzaahmedov to`rtinchi raundda g`alaba qozondi)
-56kg: Shahobiddin Zoirov - Yoel Finol 3:0
-64kg: Aliyor Noraliev - Kristian Palasio 3:0
-75kg: Isroil Madrimov - Kleyber Gonsales 3:0
-91kg: Sanjar Tursunov - Xuan Bello 3:0
S2
-52kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas (Jasurbek Latipov uchinchi raundda g`alaba qozondi)
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Luis Kabrera 2:1
-69kg: Mahmud G`oipov - Gabriel Maestre 0:3
-81kg: Bektemir Meliqo`ziev - Nalek Korbai (Bektemir Meliqo`ziev birinchi raundda g`alaba qozondi)
+91kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes (Bahodir Jalolov ikkinchi raundda g`alaba qozondi)
Bokschilarimiz ochkolar sonini 13taga etkazib olishdi va guruhda birinchi o`ringa ko`tarilib oldilar. Ikkinchi o`rinni egallab turgan "Cuba Domadores" jamoasi hisobida 12 ochko bor. "Colombia Heroicos" esa 5ta jangdan so`ng 7 ochkoga ega. "Venesuela Caciques"ning ochkolari esa 4taligicha qoldi. Hozircha, bokschilarimizning pley-off bosqichiga yo`l olganliklari rasman aniq bo`lgan. Guruhdagi so`nggi uchrashuv 13 aprel kuni Kuba va Kolumbiya jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi. Ushbu to`qnashuvdan so`ng vakillarimiz guruhda nechanchi o`rinni egallashlari ma`lum bo`ladi.