AsosiyShou-biznes

Toshkent viloyatida “Yurt kelajagi-2014” iqtidorli yoshlar tanlovi bo`lib o`tdi

9-30 iyun kunlari respublikamiz bo`ylab “Yurt kelajagi -2014” iqtidorli yoshlar tanlovining  tuman va viloyat saralash bosqichlari bo`lib o`tadi. Unda ishtirok etish istagini bildirib 15 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan yigit qizlarning 54840 nafari  hujjat topshirishdi.

16 iyun kuni Toshkent viloyati Madaniyat va Ma`rifat markazida “Kamolot” YoIH, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichi bo`lib o`tdi.

18 ta tuman, shaharlardan 4 mingdan ziyod yoshlar tanlovda ishtirok etish uchun ariza berishgan. Unda tuman bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritgan 350 nafar iqtidor egalari ishtirok etib, o`zaro bellashishdi.

Tanlovda yoshlar 5 ta “Arxitektura va dizayn, liboslar dizayni”, “Axborot texnologiyalari, rasionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar”, “An`anaviy va amaliy san`at”, “Iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni takomillashtirish bo`yicha takliflar”, “Adabiyot va jurnalistika” yo`nalishlarida 16 nominasiya bo`yicha qatnashishdi. Ushbu tadbirga Oliy ta`lim muassasalaridan mutaxassislari taklif etildi va ular tomonidan eng qobiliyatlilari tanlandi. 45 nafar ishtirokchilar dekabr oyida Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan respublika bosqichiga yo`llanma oldi, bu haqda Toshkent viloyati “Kamolot” YoIH Toshkent viloyati kengashi faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo`limi mudiri Zebo Samadova ma`lumot berdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar